Ekspertlar O‘zbekistonning 6 shahrini rivojlantirish rejalarini qayta ko‘rib chiqadi

O‘zbekiston hukumati 6ta ma’muriy markaz rivojlantirish rejalarini qayta ko‘rib chiqishga ko‘rsatma berdi. Ushbu ro‘yxatda Nukus, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Namangan bor. Bu haqda Sputnik agentligiga asoslanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, yangi parametrlar shaharlarning uch bosqichda rivojlantirilishini ko‘zda tutadi. 2017 yilda Samarqand va Andijon uchun, 2018 yilda Buxoro va Nukus uchun, 2019 yilda Navoiy va Namangan uchun yangi loyihalar tayyor bo‘ladi.
Yangi dasturda vazifalar to‘rt tashkilot o‘rtasida taqsimlanadi. Endilikda makroprognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hisob-kitoblarini olib boradi, ijtimoiy tadqiqotlar instituti ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishi istiqbollarini o‘rganib boradi. Hududiy sanoatni rivojlantirish prognozlari “O‘zog‘irneftgazkimloyiha”ga, qishloq xo‘jaligi dalalari tarkibini aniqlashtirish esa “O‘zdaverloyiha”ga topshirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing