O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31 iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minskka yetib bordi.
Minsk milliy aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Prezidentlar Minskda O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi hamda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi