
Toshkent viloyatida Belarus texnologiyalari bo‘yicha sutchilik-mahsulotlar majmuasi quriladi. Bu haqda Belarus qishloq xo‘jaligi vazirligining tashqi iqtisodiy faoliyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Bogdanov Belarus-O‘zbekiston hududlararo forumida ma’lum qildi.
«Toshkent viloyatida Borisovdagi «Zdravushka-milk» OAJning hamkori bo‘lib, ular O‘zbekistonda ming bosh sog‘in sigirga mo‘ljallangan sutchilik-mahsulotlar majmuasini quradi.
U yerda Belarus loyihasi bo‘yicha ferma, qayta ishlab chiqarish sexi barpo etiladi, Belarusdan uskuna va chorva mollari yetkazib beriladi», - dedi Aleksey Bogdanov.
Eslatib o‘tamiz, Belarus O‘zbekistonga parranda va mol go‘shti, sut mahsulotlari, shakar, qandolatchilik mahsulotlari yetkazib beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar