AQShning JPMorgan Chase Bank moliya xoldingi ilk bor O‘zbekistondagi investitsiyaviy va tijoriy loyihani amalga oshirishga kredit liniyasi ajratishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 8 avgustda Moskvada JPMorgan Chase Bank va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida xalqaro darajadagi eksport-kredit kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan.
Imzolangan kelishuv qiymati 36,4 mln yevroni tashkil qiladi. Ushbu mablag‘ Xitoyning “Sinosure” eksport-kredit agentligi sug‘urta qoplami asosida 7 yil muddatda to‘lab boriladi
Hujjat Quvasoydagi (Fag‘ona viloyati) “Kvars” AJda energiya samarador texnologiyalar qo‘llash usulida polirovkalangan float-shishalarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.
Zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotning bir kunlik maksimal hajmi 400 tonnani tashkil qiladi. Zavodga texnologik uskunalar Xitoyning Shanghai Pony Technologies kompaniyasi tomonidan yetkaziladi.
Mutaxassislarning baholashicha, loyihaning amalga oshirilishi nafaqat 300 ta yangi ish o‘rni yaratishga, balki mahalliy bozorni keyinchalik eksport qilinuvchi sifatli mahsulot bilan ta’minlashga imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi