“Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri pora bilan ushlandi

“Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri pora bilan ushlandi

Muborakgazquvurlar” boshqarmasi kadrlar boʻlimi menejeri I.Sh. 20-avgust kuni Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Muborak tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda qoʻlga olindi.

Maʼlumot berilishicha, u korxona asbobchisi N.O.ni 2019-yil may oyida sababsiz ishga kelmagan boʻlsa-da, ishdan boʻshatmasdan olib qolganligi evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan.

I.Sh. tumanning “Oʻzbekiston” MFY hududida N.O.dan 2 mln soʻmni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar