Sentyabr — kuzning birinchi oyi, biroq bu oy O‘zbekistonda ob-havo sharoitlariga ko‘ra ko‘proq yozni eslatadi, faqat harorat foni birmuncha qulay.
Iqlimiy me’yorlarga muvofiq, O‘zbekistonda sentyabr oyi yilning eng quruq oylaridan biri hisoblanadi. Yog‘inlar juda kam bo‘lib, oy davomida o‘rtacha 1-3 marta yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ularning miqdori esa o‘rtacha iyul va avgust oylaridagiga qaraganda salgina ko‘p — tekislik hududlarda 2 mm.dan 6 mm.gacha, tog‘li joylarda 10-20 mm.gacha yetadi, deb xabar qilmoqda respublika Gidrometeorologiya markazi.
Oyning birinchi yarmida kunduzgi havo harorati odatda 30-33 daraja atrofida, oyning ikkinchi yarmida esa 26-29 daraja atrofida bo‘ladi. Eng iliq sentyabrlarda ayrim kunlari termometr ustunchasi 35-39 darajagacha ko‘tariladi. Sovuq havo oqimlari kirib, kunduzgi harorat 22-25 darajagacha tushadigan, ba’zan esa undan ham past bo‘ladigan holatlar kamdan-kam kuzatiladi va bunday sovuq davrlar qisqa muddatli bo‘ladi.
Biroq, bu yil sentyabr oyi bizni salqin havo bilan qarshi oladi. Avgust oyining so‘nggi kunlaridan harorat 27-32 darajagacha pasayadi, sentyabrning ilk kunlari juda issiq yoz «aybini» yumshatib harorat kechasi 12-17 darajagacha, kunduzi 23-28 darajagacha tushadi, bu shu davr uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlardan 4-6 darajaga pastdir.
Bulutlar ham ko‘payib, 1 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida, 2 sentyabrda Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ob-havoning bunday o‘zgarishlari Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havoning kirib kelishi bilan tushuntiriladi.
Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘lgan nisbatan salqin ob-havo respublikamizda sentyabr oyining birinchi haftasida saqlanib turadi.
Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechasi 12-17 darajadan 7-12 darajagacha, kunduzi 28-33 darajadan 21-26 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim kunlarda qisqa muddatli kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Umuman olganda, kuzning birinchi oyidagi ob-havo iqlimiy me’yorlar atrofida bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi