2 991
Prezident: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi
«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrik nutqi so‘zladi.
Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida mamlakatdagi demokratik jarayonlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
“Bugun bir fikrni qat’iyat bilan ta’kidlashni zarur, deb bilaman: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi.
Biz mana shu yorug‘ kunlar uchun kurashib, jon fido etgan ota-bobolarimizning haqqi-hurmati, 33 millionlik xalqimizning haqqi-hurmati, bizga umid va ishonch ko‘zi bilan boqib turgan bolalarimiz, nabiralarimizning haqqi-hurmati – mustaqillik va istiqlol yo‘lidan hech qachon qaytmaymiz!
O‘z maqsadlarimizga albatta yetamiz – kelajagi buyuk O‘zbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz!”, dedi Prezident.
O‘zbekiston Prezidenti shuningdek, yoshlarga keng yo‘l ochib berish, ularga hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish hamisha e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidladi.
“Ular bizning umidimiz, ertangi kunimiz. Shuning uchun yoshlarga keng yo‘l ochib berish, ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish, ularga mas’ul lavozimlarni ishonib topshirish bundan buyon ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi