Joriy yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mazkur Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3945-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Mazkur loyihada to‘lov tizimlari va ularning tarkibiy qismlariga bo‘lgan talablar, to‘lov tizimlarini nazorat qilish va kuzatib borish, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash, elektron pul egalarini identifikatsiyalash tartibi hamda to‘lov tizimlarida xavfsizlik va axborot muhofazasini ta’minlashga doir normalar kiritilmoqda.
Shuningdek, ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 2005 yil 2 noyabrda qabul qilingan «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi O‘RQ–13-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 22 sentyabrda qabul qilingan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» O‘RQ–223-sonli Qonunining 12-moddasi bekor qilinmoqda.
Muhokamalardan so‘ng Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yangi qonun loyihasi qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi