2 756
YI o‘z kompaniyalarini O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi
Yevropa Komissiyasi Yevropa kompaniyalarini O‘zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi, deya xabar beradi Regnum.ru nashri.
Shu bilan birga, Yevropa Komissiyasi vakilining aniq fikrlari keltirilmagan. Nashrning qayd etishicha, o‘tgan hafta oxirida Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamaxmudov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda O‘zbekiston energetika sohasida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etgan. Tadbir Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etildi.
“Yevropa kompaniyalariga murojaat qilgan Xalqaro aloqalar bo‘yicha Yevropa Komissiyasining boshlig‘i An-Sharlot Bournovill YeI energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va energetika sohasida uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini ta’kidladi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev respublika hukumati deyarli barcha elektr stansiyalarining aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy sarmoyadorlarga bosqichma-bosqich sotishni rejalashtirayotganini aytgandi. Faqat qurilishi 2020 yilda boshlanishi rejalashtirilgan bir nechta gidroelektrostansiyalar va atom elektr stansiyalari davlat boshqaruvida qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi