1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari mehmonni samimiy qutlab, ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch, hurmat va qo‘llab-quvvatlash an’analariga asoslangan O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Dmitriy Medvedev samimiy qabul hamda mamlakatlarning ko‘p qirrali munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratayotgan e’tibori uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, avvalo oliy darajada yo‘lga qo‘yilgan faol munosabatlar va konstruktiv muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarish va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilib kelmoqda.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va kooperatsion aloqalar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Neft-gaz, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar, jumladan, fan, ta’lim va turizm sohasidagi sheriklik kengaymoqda.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlarning BMT, ShHT, MDH va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni mustahkamlashga intilishi ta’kidlab o‘tildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasidagi o‘zaro intilish qat’iy ekani tasdiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi