
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan islom va terrorchilik oʻrtasida parallellar oʻtkazuvchi Gʻarb davlatlarini qoraladi.
“Terrorchi buzuq gʻoya uchun koʻzini pirpiratmay begunoh odamlar qonini toʻkadi. Musulmon esa terrorchi boʻla olmaydi. Islom va terrorchilik oʻrtasida parallellar oʻtkazuvchi Gʻarb oʻz davlatlaridagi vaziyatga boqishi lozim. «Islom terrorchiligi” tushunchasi mavjud emas. Terrorchilarni Gʻarbda izlash kerak», deb aytgan Erdoʻgʻan Anqara universitetining dinshunoslik fakulteti xodimlari bilan uchrashuvda.
Turkiya prezidentining taʼkidlashicha, islomni niqob qilib terrorchilik faoliyatini amalga oshiruvchilar aslida islom dini dushmanlari hisoblanadi.
Erdoʻgʻan, shuningdek, ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyning yoʻq qilinishiga toʻxtalib oʻtgan.
“AQSH al-Bagʻdodiy oʻzini tunnelda portlatganini aytmoqda. Shu bilan birga ISHID yetakchisining yoʻq qilinishi katta koʻlamli axborot kampaniyasiga aylantirildi”, deb taʼkidlab oʻtgan Turkiya rahbari.
Uning aytishicha, Turkiya avvalroq al-Bagʻdodiyning rafiqalaridan birini qoʻlga olgan, biroq buning atrofida shov-shuv koʻtarmagan.
“Uning qoʻlga olinganini bugun birinchi marta maʼlum qilmoqdaman. Turkiya, shuningdek, Suriyada ISHID yetakchisining singlisi va kuyovini ham qoʻlga olgan”, deb taʼkidlab oʻtgan Erdoʻgʻan.
Erdoʻgʻan muxolifatchi Fathulla Gulenning FETO tashkilotidan solinayotgan tahdidga eʼtibor qaratgan.
“FETOning maqsadi va mohiyatini tushunish uchun bu jinoiy tashkilot yetakchisi qayerdaligi va unga kim panohlik qilayotganiga eʼtibor qarating”, deb aytgan Erdoʻgʻan AQSHni nazarda tutib.
Erdoʻgʻan Turkiya bugungi kunda xorijning kuchli bosimiga qarshilik koʻrsatayotganini taʼkidlab oʻtgan.
“Anqara oʻtmishdagidek oʻz pozitsiyadan qaytish istagida emas. Biz bunga yoʻl qoʻya olmaymiz va qatʼiyat hamda jurʼat koʻrsatishimiz lozim”, deb qoʻshimcha qilgan Turkiya rahbari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar