Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini qaytadan tiklanadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.
Hujjatga koʻra, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani qayta tiklanib, Qiziriq va Boysun tumanlari chegaralari oʻzgartirilishi mumkin.
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hududidagi “Bandixon”, “Bektepa”, “Obod turmush”, “Polvontosh”, “Saroy”, “Birdamlik”, “Chinor”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Farovon”, “Bahoriston”, “Oʻrgʻilsoy”, “Gulbogʻ”, “Qaldirgʻoch”, “Zevar”, “Xoʻjaipok”, “Obod yurt” hamda “Bagʻri keng” mahalla fuqarolar yigʻinlarini (umumiy yer maydoni 20531 gektar) hamda Boysun tumanining “Sayrob” va “Gʻayrat” massivlaridan (umumiy yer maydoni 17360 gektar) qayta tiklanayotgan Bandixon tumani tarkibiga oʻtkaziladi.
Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Boysun tumanlari hududidan Bandixon tumani hududiga oʻtkazilayotgan yer maydoni chegaralarining tavsifi va chizma shakllari tasdiqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, hukumatning 2010-yil 24-dekabrdagi qarori bilan Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani tugatilib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xotin-qizlar davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlanadi
Oʻzbekistonda oʻqituvchilarni zoʻravonlikka moyillik boʻyicha tekshirish rejalashtirilmoqda
Oʻzbekistonda hafta boshida qanday ob-havo boʻlishi ma'lum qilindi
Oʻzini oʻzi band qilgan holda taksichilik bilan shugʻullanishga doimiy ruxsat beriladi
Oʻzbekistonda “yashil bogʻlar” barpo etish rejalashtirilmoqda
Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yigʻimi” tizimi joriy etiladi
Ta'lim sohasida ovqatlantirishni nazorat qilish markazi tashkil etiladi
Toshkentda yoʻl muammolarini hal qilish uchun “qizil liniya” ishga tushirildi