14:00 / 07.11.2019
8 515

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani qayta tashkil etiladi

Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani qayta tashkil etiladi
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini qaytadan tiklanadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.

Hujjatga koʻra, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani qayta tiklanib, Qiziriq va Boysun tumanlari chegaralari oʻzgartirilishi mumkin.

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hududidagi “Bandixon”, “Bektepa”, “Obod turmush”, “Polvontosh”, “Saroy”, “Birdamlik”, “Chinor”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Farovon”, “Bahoriston”, “Oʻrgʻilsoy”, “Gulbogʻ”, “Qaldirgʻoch”, “Zevar”, “Xoʻjaipok”, “Obod yurt” hamda “Bagʻri keng” mahalla fuqarolar yigʻinlarini (umumiy yer maydoni 20531 gektar) hamda Boysun tumanining “Sayrob” va “Gʻayrat” massivlaridan (umumiy yer maydoni 17360 gektar) qayta tiklanayotgan Bandixon tumani tarkibiga oʻtkaziladi.

Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Boysun tumanlari hududidan Bandixon tumani hududiga oʻtkazilayotgan yer maydoni chegaralarining tavsifi va chizma shakllari tasdiqlanadi.

Eslatib oʻtamiz, hukumatning 2010-yil 24-dekabrdagi qarori bilan Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani tugatilib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani qayta tashkil etiladi