Kengash tarkibiga xorijiy kompaniya, bank hamda boshqa moliyaviy muassasalar rahbarlari va vakillari kiritiladi.
Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi. Kengash prezident huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.
Ilg‘or jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda hukumatga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatlar berish, qulay investitsiya muhitini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga ko‘maklashish kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Kengash tarkibi O‘zbekistonda investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining rahbarlari va vakillari, shuningdek, boshqa ishtirokchilar orasidan shakllantiriladi.
Kengash yalpi majlislari yilda bir marta, oraliq majlislari – yilda kamida ikki marta o‘tkazilishi qayd etilmoqda.
Shuningdek, qaror bilan xorijiy investorlar kengashi to‘g‘risidagi nizom hamda kengashning O‘zbekiston tomoni tarkibi tasdiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi