O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yaponiya – ulkan iqtisodiy, industrial va intellektual salohiyatga ega mamlakat. Iqtisodiyot rivoji bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. “Katta yettilik” davlatlari qatoriga kiradi, xalqaro maydonda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston va Yaponiya strategik sherik, ikki mamlakatni yaqin ko‘p qirrali hamkorlik bog‘lab turadi. Davlatimiz rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi.
Prezident dastlab mamlakatning yirik sanoat va ilm-fan markazi - Nagoya shahrida bo‘ladi. Tokio shahrida Yaponiya imperatori, bosh vaziri, parlamenti va hukumati rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”