“BMTning biometrik hujjatiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash va viza rejimini yengillashtirish to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Shuningdek, farmonga ko‘ra:
BMTning biometrik hujjatiga (moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish vizalari O‘zbekistondagi taklif qiluvchi tomonning xati asosida 2 ish kuni ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi;
BMTning biometrik hujjatlariga (qizil yoki moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo‘lgan va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarida bir vaqtning o‘zida amal qilish muddati mazkur hujjatlarning amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan milliy pasporti (harakatlanish hujjati) bo‘lishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin