O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 5 fevralida Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Fevral oyi boshida. Bu protokolga bog‘liq, qolaversa Yangi yil. Ammo hozircha 5 fevral deyishmoqda. 5 fevralga tayyorlanyapmiz: Rossiya tomoni ham, O‘zbekiston tomoni ham. Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda», degan diplomat.
U davlatlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi bemisl darajada o‘sib borayotgani, ikki davlat prezidentining siyosiy muloqoti mustahkamlanishda davom etayotganini qayd etib o‘tgan.
Nematovning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyeyov Rossiya prezidentida 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba kuni bayramida ishtirok etish uchun ham taklif olgan.
«Vladimir Vladimirovich Putindan taklifnoma borligini bilaman. O‘sha yerda hamma yig‘iladi. O‘ylashimcha, O‘zbekiston prezidenti ham u yerga boradi. Taklifnoma bor, albatta, ushbu taklif qabul qilingan», degan vazir o‘rinbosari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi