11:25 / 27.12.2019
3 040

Andijonda 2 nafar xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi, 13 nafariga keskin intizomiy chora qo‘llanildi

Andijonda 2 nafar xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi, 13 nafariga keskin intizomiy chora qo‘llanildi
25 dekabr kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonunchilik, huquqbuzarlik hamda xizmat intizomi buzilishi, shuningdek, kelgusida xodimlar tomonidan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Rustam Hatamov va IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i qatnashdi.

IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i majlisda so‘zga chiqib, xodimlar orasida tartib intizomni mustahkamlashda rahbarlarning qo‘l ostidagi xodimlarini kundalik nazorat qilishi lozimligini, xodimlar ustidan idoraviy nazorat o‘rnatilmasa, qayerda tartib-intizom bo‘lmasa o‘sha yerda oldinga siljish, yaxshi natijalarga erishib bo‘lmasligi alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilish davomida xizmat faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 2 nafar xodimlar ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi.

Shuningdek, 13 nafar xodimga nisbatan keskin intizomiy ravishda jazolash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Majlis yakunida vazir o‘rinbosari respublika ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi holatlarini muhokama etib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining o‘rtalarida polkovnik Rustam Hatamov boshchiligida Sirdaryoda o‘tkazilgan videoselektorda ham 2 nafar xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatilib, 6 nafariga keskin intizomiy chora qo‘llanilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijonda 2 nafar xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi, 13 nafariga keskin intizomiy chora qo‘llanildi