
Yaqin Sharqdagi taniqli axborot manbalaridan biri bo‘lgan “Ynet” internet-nashri turizm mavzusida so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Ushbu tadqiqot turizm sohasidagi kelasi 10 yillik tendensiyalarini aniqlash maqsadida o‘tkazildi. Unda dunyo tan olgan 25 nafar professional sayohatchi-bloger ishtirok etdi.
O‘zbekiston haqidagi materiallar esa Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan info-turda ishtirok etgan bloger Yanina Zlaslavskiy Afekning foto va maqolasi asosida tayyorlandi. Bu kabi ko‘plab sohalar orqali Isroildagi reklama-targ‘ibot ishlari qisqa muddatda o‘z natijasini ko‘rsatdi: 2017 yilda ushbu davlatning 3800 nafar fuqarosi O‘zbekistonga tashrif buyurgan bo‘lsa, 2018 yilda mazkur ko‘rsatkich 57,3 foiz oshib, 9 779 kishiga yetdi. Ushbu miqdor 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 41 foiz ko‘paydi va 13 170 nafar isroillik sayyoh yurtimizga keldi.
Ma’lumot uchun, “Ynet” - Isroil yangiliklari va boshqa ijtimoiy mavzularni yorituvchi veb-sayt bo‘lib, 2000 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Google Trends statistikasiga ko‘ra, ushbu manba 2008 yildan beri o‘z davlatidagi eng mashhur internet-portal hisoblanadi. “Alexa” internet-trafik reytingi bo‘yicha esa, dunyodagi eng yaxshi 1500 ta veb-sayt ro‘yxatiga kiradi.
“Ilgari Buyuk Ipak yo‘lining yuragi bo‘lgan va bugungi kunda mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri bo‘lgan, Markaziy Osiyo sahrolari o‘rtasida joylashgan o‘lkaga tashrif buyurish vaqti keldi. Qulay sayyohlik infratuzilmasi turistlarga qadimiy tarix, liberal islom, qadimiy yahudiy obidalari, betakror me’morchilik, Sharq va G‘arb ta’siri ostida yaratilgan boy madaniyati bilan qarshi oladi. Kuz va bahor mamlakatga tashrif buyurish uchun eng qulay payt. U yerga qanday borish mumkin? – Tel-Avivdan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov mavjud”, - deyiladi mazkur internet-nashr xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar