Bugun O‘zbekistonning shimoliy hududi - Qoraqalpog‘istonga Kavkaz rayonlaridan nam havo oqimi kiradi, natijada ob-havo bulutli bo‘lib, ayrim joylarga yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida 14 fevralda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Havo 9-14 daraja iliqqacha, respublika shimolida 2-7 darajagacha iliydi.
15 fevralda nam havo oqimining ta’siri mamlakatning katta qismiga tarqaladi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib o‘tadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
16 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib turadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi