O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatning joriy siyosatini Germaniyaning urushdan keyingi davri siyosati bilan taqqosladi.
Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning ochiqligi mamlakatga investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiyotni qayta tiklash imkonini bergan. U O‘zbekiston o‘zining xorijiy hamkorlari bilan ochiqlik siyosatini olib borish istagida ekanini ta’kidladi.
«Biror-bir davlat chet el sarmoyalarisiz rivojlanmagan, rivojlanmaydi ham. Masalan, Germaniyani misol keltiraman. Ikkinchi jahon urushidan keyin mutlaqo vayronaga aylangan. Men o‘z diplomatik kareramni ana shu mamlakatda boshlaganman va aytishim mumkinki, ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya barcha eshiklarini ochgan va hozirgi kunda mana shunday rivojlanishga kelgan. O‘zbekiston ham barcha mamlakatlar bilan xuddi ana shu ochiqlik siyosatini olib boryapti», deya Ilhom Ne’matovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.
Ne’matov chet el sarmoyalarini olib kelish, eksportni kuchaytirish, O‘zbekistonga keluvchi turistlar sonini oshirish, inson huquqini ta’minlash uchun ana shu ochiqlik siyosati joriy yilda ham davom ettirilishini qayd etdi.
«So‘nggi yillarda siyosiy va iqtisodiy izolyatsiyadan to‘liq ozod bo‘ldik. Prezidentimiz avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari bilan 25 yil davomida o‘rtamizda paydo bo‘lgan katta muzni eritish uchun hali ko‘p ish qilishimiz kerakligini aytgandilar. Bu haqiqatan ham amalga oshirildi – muz eritildi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarda katta burilish bo‘ldi, aloqalar yuqori pog‘onaga chiqdi», dedi Ne’matov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
“Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar