
Bugun respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlari ustiga troposferadagi yuqori bosimli o‘rkach tarqaladi va juda iliq, kam bulutli va quruq ob-havoni yuzaga keltiradi
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun respublikaning katta qismida havo harorati 18-20 daraja issiqni tashkil qiladi, cho‘l zonasida havo 21-23 daraja isiydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik harorat ko‘rsatkichlaridan 3-5 darajaga yuqoridir.
Dam olish kunlarida harorat yana ko‘tariladi va yakshanbaga kelib kechasi 9-12 daraja iliq, kunduzi 22-25 daraja issiq, mamlakat shimoli-g‘arbida esa 27-28 darajagacha yetadi, bu harorat iqlimiy me’yordan 5-8 darajaga yuqoridir.
Qayd etilishicha, bunday havo mart o‘rtasiga qaraganda ko‘proq aprel oyi oxiri uchun xos. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar