Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.
Unda davlatimiz rahbari yana bir bor xalqimizga murojaat qildi.
– Yurtimizga chetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga chalinganlar soni 221 taga yetdi. Ming afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan 2 nafari vafot etdi. Ularning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur ta’ziya bildirib, sabr-toqat va bardamlik tilayman.
Albatta, yo‘qotish oson emas. Biz hamma choralarni ko‘ryapmiz. Janubiy Koreyadan shifokorlar keldi, erta-indin Xitoydan mutaxassislar kelyapti. Germaniyadan, Rossiyadan eng yaxshi shifokorlarni olib kelamiz. Nimaga desangiz, iloji boricha o‘lim bo‘lmasligi kerak. Dunyoda qaysi mamlakatda qanday dori vositalari, qanday mutaxassislar borligini inobatga olib, hamma choralarni ko‘rishimiz kerak, – dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi