10:23 / 07.04.2020
2 372

Xususiy notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi belgilandi

Xususiy notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 apreldagi 199-qarori bilan Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar bergan.

Mazkur qoidalarga muvofiq, notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishi shart, shartnoma tuzmasdan turib o‘zining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.

Notariuslar fuqarolik javobgarligining quyidagilar oqibatida yuzaga kelishi sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi:
  • notariusga murojaat qilgan shaxs tomonidan notarial harakat amalga oshirish bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlar, haqiqiy bo‘lmagan yoki soxta hujjatlar taqdim etilishi;
  • agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxs notariusga ushbu notarial harakat huquq va qonuniy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan uchinchi shaxslarning yo‘qligi yoki mavjudligini bildirmagan bo‘lsa.

Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasi:
  • Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning ma’muriy markazlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun – BHMning kamida 1000 baravaridan (223 million so‘m);
  • etish uchun – BHMning kamida 1000 baravaridan (223 million so‘m); boshqa aholi punktlarida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun – BHMning kamida 500 baravaridan (111 million 500 ming so‘m) kam bo‘lishi mumkin emas. Majburiy sug‘urta shartnomasida sug‘urta qildiruvchi notarial harakatlarni amalga oshirganda naf oluvchiga yetkazilgan zarar tufayli kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish nazarda tutiladi, ma’naviy zarar, boy berilgan foyda va jarima to‘lovlari bundan mustasno. Sug‘urta qildiruvchi majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalovchini ixtiyoriy tanlaydi. Majburiy sug‘urta shartnomasi u kuchga kirgan kundan boshlab 1 yil muddatga tuziladi.
Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotining hajmi tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi, biroq shartnomada belgilangan sug‘urta summasining 1 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xususiy notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi belgilandi