2 601
Aziz Abduhakimov: O‘zbekistonda «onlayn turizm» va «masofaviy sport» rivojlantiriladi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning huzuridagi Milliy PR markazi O‘zbekistonda turizm bo‘yicha virtual sayohatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi online-tourism.uz saytini yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda.
Bugungi kunda koronavirus bilan bog‘liq sokinlik davrida turizm va sport sohasida qanday ishlar olib borilmoqda? Bu savolga O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov javob berdi.
Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bugungi kunda "onlayn turizm"ni rivojlantirish, tadbirkorlar va startaperlarni qo‘llab-quvvatlashga oid ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa, Jismoniy tarbiya va sport vazirligida allaqachon “masofaviy sport”ni faol rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlari boshlab yuborilgan.
“Ayni damda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning huzuridagi Milliy PR markazi O‘zbekistonda turizm bo‘yicha virtual sayohatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi online-tourism.uz saytini yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda. Bu O‘zbekiston bo‘ylab virtual sayohat qilish imkonini taqdim etuvchi birinchi platforma bo‘ladi.
Rejaga ko‘ra, ushbu sayt asosan uch yo‘nalishni qamrab oladi:
Sayyohlar uchun. U O‘zbekiston bo‘ylab virtual turlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Bugungi kunda virtual turlarni yo‘lga qo‘yish uchun muzeylar va boshqa turistik ob’ektlar bilan hamkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Fursatdan foydalanib, bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi iste’dodli mutaxassislarimizni hamkorlikka jalb qilamiz, ular bilan onlayn faoliyatni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Shu bilan birga, kafe va restoranlar hamda boshqa turistik ob’ektlar egalarini virtual sayohatni yo‘lga qo‘yish uchun zarur choralar ko‘rishga chorlab qolamiz, zero bu sayyohlarga hozirning o‘zidanoq o‘ziga ma’qul keluvchi, didiga mos keluvchi joylarni tanlash imkonini beradi. Turistik biznes vakillariga bu borada yordam kerak bo‘lgan taqdirda, online-tourism.uz orqali zarur maslahat va tavsiyalar beriladi.
Turistik soha vakillari uchun. Mehmonxonalar egalari va menejerlari, turoperatorlar, mehmon uylari, gidlar va boshqalar bilan hamkorlik kuchaytirilib, sohani yanada rivojlantirishga oid ishlar amalga oshiriladi. Platforma yordamida dunyodagi so‘nggi trendlar, yangiliklar bo‘yicha vebinarlar, onlayn mushohadalar yo‘lga qo‘yiladi, onlayn qo‘llanmalar taqdim etiladi. Inqiroz va undan keyingi davrda ularning bandligi ta’minlanadi.
Turizmga oid yangi loyihalarni amalga oshirishni istagan startaperlar uchun. Bu yerda turizmni rivojlantirishga oid yangi loyihalar, startaperlar haqidagi ma’lumotlar jamlanadi, onlayn maslahat berish yo‘lga qo‘yiladi va h.k. Kreativ g‘oyalarga ega kishilarga loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratilishi rejalashtirilmoqda”, dedi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.
Aziz Abduhakimovning bildirishicha, ijtimoiy tarmoqlarda turli qiziqarli chellenjlar va bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 6-26 aprel kunlari #UydaQol! #HayotgaQo‘shil! chellenjini yo‘lga qo‘ydi. Unda qatnashish uchun karantin davrida uyda oila a’zolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashg‘ulotlarini bajarish, so‘ngra uni videoga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylash hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining rasmiy sahifalari bilan ulashish talab etiladi. Har 4 kunda 3 kunlik g‘oliblar aniqlanib, vazirlik tomonidan taqdirlab boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»