3 508
Haftaning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarila boshlaydi
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublika hududining katta qismida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir faqat ertalab yog‘ib o‘tdi, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.
Ertaga ham mamlakat hududida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15 aprelda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shu kunlarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin, kunduzgi harorat 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
13-14 aprelda respublikaning tog‘oldi tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
Haftaning ikkinchi yarmida nam havo oqimi respublika hududini butunlay tark etadi. Mamlakatda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi va kunduzi 19-24 darajagacha yetadi, bu aprel oyi o‘rtasi uchun xos bo‘lgan haroratdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”