O‘zbekistonda 14 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 1165 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq 14 aprel kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 1113 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.
O‘zbekistonda hozirgacha 99 kishi koronavirusdan sog‘aydi, to‘rt kishi kasallik oqibatida vafot etdi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 13 aprel kuni 133 taga ko‘paydi. Bu yangi rekord. Bundan avval faqat bir marta — 6 aprelda 115 kishida koronavirus qayd etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»