Faqat respublikaning shimoliy tumanlariga g‘arbiy Qozog‘istondan kam nam va nisbatan salqin havo kirishi davom etadi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-20 darajagacha pasayadi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, kechga yaqin respublikaning janubi-g‘arbiy tumanlariga Turkmanistondan nam oqim kirishni boshlaydi, shanba kuni esa nam havo oqimi deyarli butun mamlakatimiz hududiga tarqaladi. Barcha viloyatlarda havo bulutli bo‘ladi, bugun kechqurun va kechasi Buxoro, Navoiy viloyatlarida, ertaga kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, respublika shimoli va janubida asosan kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi va shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi harorat 22-25 darajagacha pasayadi.
Har doim bahorda kuzatilganidek, ob-havoning bunday o‘zgarishi qisqa muddatli bo‘ladi, yakshanbada havo yana ochiladi, yog‘ingarchiliksiz va kam bulutli bo‘ladi. Harorat tez ko‘tarilib, kunduzgi soatlarda 27-30 darajaga yetadi.
Dushanbada ham respublika hududida ob-havo xuddi shunday kam bulutli va quruq bo‘ladi. Harorat ko‘tarilishi davom etadi, dushanba kuni kunduzi 32-34 darajani, janubda 35-37 darajani tashkil qiladi. Eslatamiz, eng issiq yillarda aprel oyida harorat 35-37, janubiy hududlarda esa 37-39 darajani tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi