2 106
O‘zbekistonning YEOIIga kuzatuvchi maqomida kirishi masalasi bugun hal qilinishi kutilmoqda
Foto: RIA Novosti
Oliy Majlis qonunchilik palatasining ayni paytda davom etayotgan yalpi majlisida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zoligi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, muhokamalar yakunida iqtisodiy ittifoqqa a’zolik masalasida parlament a’zolarining oxirgi ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi.
Majlis tafsilotlarini O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘z telegram kanali orqali yoritib bormoqda. Deputatga ko‘ra, partiya O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi bo‘lib kirishiga ham qarshi.
«Partiya fraksiyasi ittifoqqa a’zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirishi kerak deb hisoblaydi», — deb yozadi u so‘nggi xabarini.
Alisher Qodirovga asoslanib xulosa qilinsa, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga o‘tgan so‘nggi saylovlarda partiyadan saylangan 35 nafar deputat bugun O‘zbekistonning YEOIIga kuzatuvchi a’zoligiga ham qarshi ovoz beradi. Bu esa parlamentda hozirdan 24 foiz ovoz degani.
Ma’lumot uchun, yakuniy ovoz berish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinishi uchun kamida 50 foiz deputatning ovozi kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»