2 624
«Milliy bank» va «VEB.RF» hamkorligi doirasida beshta zamonaviy elektrovozlar O‘zbekistonga keltirilmoqda
«Milliy bank» AJ Rossiyada ishlab chiqarilgan beshta zamonaviy magistral yuk elektrovozlarini O‘zbekistonga keltirish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishni boshladi.
«O‘zbekiston Respublikasi tashqi tqtisodiy faoliyat Milliy banki» AJ (keyinchalik «Milliy bank») Rossiyaning «VEB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasi bilan birga 14,3 mln. yevro qiymatdagi kredit liniyasini ochish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu mablag‘ «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga tegishli elektrovozlar parkini kengaytirish uchun Rossiya Federatsiyasining OOO «Novocherkasskiy elektrovozostroitelniy zavod» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan beshta zamonaviy magistral yuk elektrovozlarini yetkazib berishga yo‘naltiriladi.
23-24 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi konferensiyasi doirasida «VEB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasi raisi I.I. Shuvalov bilan muzokaralar o‘tkazilgan va bu jarayonda Rossiya tarafi kelajakda ham joriy loyihalarni moliyalashtirishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
VEB.RF Rossiyaning yuqori texnologiyali uskunalarini O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish bo‘yicha qator investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishda «Milliy bank»ning strategik hamkori hisoblanadi.
VEB.RF korporatsiyasi bilan kelishuvning afzalligi shundaki, bu korporatsiya foiz stavkalari Rossiya Federatsiyasi tomonidan subsidiyalanishi tizimi tufayli kredit resurslarini nisbatan arzon foiz stavkalarida jalb qilish imkonini beradi.
O‘zaro hamkorlik doirasida bugungi kunda umumiy qiymati 188 mln yevro bo‘lgan to‘rtta kredit kelishuvlari tuzilgan va gidroenergetika, teploenergetika va transport sohasidagi qator loyihalar moliyalashtirilmoqda.
«VEB.RF» Davlat rivojlanish korporatsiyasiga 1922 yilda asos solingan va Rossiyaning umumiy aktivlari qiymati 51 mlrd AQSH dollariga teng eng yirik rivojlanish instituti hisolanadi. Korporatsiya mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion asosda modernizatsiyalanishida ko‘maklashadi.
O‘zmilliybank Matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»