20:22 / 18.05.2020
1 825

O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston prezidenti va sobiq bosh vaziri o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston prezidenti va sobiq bosh vaziri o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikning umid bildirishicha, ushbu muhim qarorlar qo‘shni Afg‘onistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yo‘l ochadi.

«O‘z navbatida, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afg‘onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani hamda sobiq bosh vazir Abdulla Abdulla 17 may kuni hukumat boshqaruvini bo‘lib olish haqidagi kelishuvni imzoladi.

Kelishuvga ko‘ra, Abdulla Abdulla yarashtirish bo‘yicha Oliy milliy kengashga rahbarlik qiladi. Uning vakillari kengash a’zoligiga va vazirlar mahkamasi tarkibiga kiritiladi.

Afg‘onistonning saylangan prezidenti Ashraf G‘ani 9 mart kuni qasamyod qilgan va faoliyatga kirishgan. Saylovlarda mag‘lub bo‘lganini tan olmagan Abdulla Abdulla ham shu kunning o‘zida parallel ravishda prezident sifatida inauguratsiya marosimini o‘tkazgan. Ikki kun o‘tgach, Ashraf G‘ani tomonidan mamlakat hukumatidagi bosh vazir lavozimi bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston prezidenti va sobiq bosh vaziri o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatladi