Toshkent viloyati Chinoz tumani «Chinmasjid» mahallasida 5 may kuni qotillik jinoyati sodir etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1975 yilda tug‘ilgan F.M. soat 17:00 larda mast holda tanishi, 1982 yilda tug‘ilgan A.E. bilan janjallashib, bolta bilan uning boshiga bir necha bor urib, o‘ldirgan.
«U 6 may kuni soat 10:30 larda A.E.ning murdasini Sirdaryo daryosiga tashlab yuborgan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Marhumning murdasi 14 may kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Keles tumanidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi qirg‘og‘idan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan 18 may kuni Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, u ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»