Sirdaryoda yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda Xalq qabulxonalari ham munosib ishtirok etmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi Xalq qabulxonalari sektorlar rahbarlari hamkorligida “Saxovat karvon”lari Sirdaryo viloyatiga muntazam jo‘natilmoqda.
Suv toshqinidan zarar ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholisi uchun shu kunga qadar jami 1 milliard so‘mdan ziyod 38 turdagi kundalik hayot uchun zarur mahsulotlar olib kelinib, ehtiyojmand oilalarga yetkazildi. Bular asosan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-boshlar, ro‘zg‘or buyumlari, gigiyena vositalari va boshqa buyumlardan iboratdir.
Xalq qabulxonalari mas’ullari maxsus ishchi guruhlar tashkil etib, Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlarida uyma-uy yurib, “Qo‘rg‘ontepa”, “Ahillik”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Do‘stlik”, “Yurtdosh”, “Saxovat” kabi o‘nlab fuqarolar yig‘inlaridagi 3,5 mingdan ziyod oilalarning holatini o‘rgandi. Natijada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami – boquvchisini yo‘qotgan ayollar, yakka-yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar, yosh bolali, ko‘p farzandli oilalar ro‘yxati shakllantirib, ularning eng birlamchi hayotiy muammolarini hal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga vaqtinchalik ko‘chirilgan aholi holidan ham muntazam ravishda xabar olinyapti. Jumladan, Xalq qabulxonalari hodimlari Guliston shahri “Bo‘ston”, Mirzaobod tumani “Navro‘z” maxallalarida singari tashkil etilgan qator ijtimoiy markazlardagi oilalarga kunlik ehtiyojlari uchun nima zarur bo‘lsa, barcha kerakli yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatyaptilar.
Toshqin oqibatidan jabr chekkan insonlar muammolarini o‘rganish asnosida Xalq qabulxonalariga 1,1 mingdan ziyod murojaat qabul qilingan. Mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning 89 foizi joyida hal qilingan. Xususan, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlash, toshqin natijasida yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash, zararni qoplash uchun kompensatsiya mablag‘larini belgilash va undirish, kredit ta’tillari berish, qo‘shimcha imoratlarni tiklash, bandlikni ta’minlash kabi qator masalalar shular jumlasidandir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»