Samarqand shahri hokimi Boburmirzo Obloqulov shaharning qaysi hududlarida koronavirus aniqlangani haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Daryo.uz».
«Karantin qoidalarini yumshatish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar joriy etilgan. Shuni aytishim kerakki, bu choralar butun Samarqand shahri uchun tatbiq etilmaydi. Kasallik aniqlangan bemorlar yashaydigan ayrim mahallalarda karantin qoidalari kuchaytiriladi», — degan Samarqand shahar hokimi.
Uning bildirishicha, kasallik chekinmaguncha «Abdurahmon Jomiy», «Adolat», «Bahor», «Bog‘i Temur», «Al-Farobiy», «Bog‘i Shifo», «G‘iyosiddin Jamshid», «Do‘stlik», «Jo‘yi chuqur», «Zarafshon», «Zargartepa», «Ilg‘or», «Ko‘k masjid», «Qo‘shchinor», «Qarshi yo‘li», «Mash’al», «Nurobod», «Sayid», «Siyobcha», «Tadbirkorlar», «Uvaysiy», «O‘rta Xo‘jasoat», «Hamid Olimjon», «She’roziy», «Hazora», «Hunarmandlar», «Chorbog‘», «Cho‘pon ota», «Shodlik», «Shukrona», «Yangi hayot» va «Yangi Xayrobod» mahallalariga vaqtincha kirish-chiqish cheklanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni damgacha Samarqand viloyatida 281 kishi koronavirus yuqtirgan va ularning 175 nafari tuzalgan, 1 kishi virus sabab vafot etgan.
18 may kuni Samarqand shahrida karantin qoidalari kuchaytirilgan tartibda davom ettirilishi va shahar ko‘chalarida maxsus ruxsatnomasiz avtomobillar harakati hozircha cheklangani e’lon qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»