15:31 / 20.05.2020
3 257

Samarqanddagi qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi

Samarqanddagi qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi
Samarqand shahri hokimi Boburmirzo Obloqulov shaharning qaysi hududlarida koronavirus aniqlangani haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Daryo.uz».

«Karantin qoidalarini yumshatish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar joriy etilgan. Shuni aytishim kerakki, bu choralar butun Samarqand shahri uchun tatbiq etilmaydi. Kasallik aniqlangan bemorlar yashaydigan ayrim mahallalarda karantin qoidalari kuchaytiriladi», — degan Samarqand shahar hokimi.

Uning bildirishicha, kasallik chekinmaguncha «Abdurahmon Jomiy», «Adolat», «Bahor», «Bog‘i Temur», «Al-Farobiy», «Bog‘i Shifo», «G‘iyosiddin Jamshid», «Do‘stlik», «Jo‘yi chuqur», «Zarafshon», «Zargartepa», «Ilg‘or», «Ko‘k masjid», «Qo‘shchinor», «Qarshi yo‘li», «Mash’al», «Nurobod», «Sayid», «Siyobcha», «Tadbirkorlar», «Uvaysiy», «O‘rta Xo‘jasoat», «Hamid Olimjon», «She’roziy», «Hazora», «Hunarmandlar», «Chorbog‘», «Cho‘pon ota», «Shodlik», «Shukrona», «Yangi hayot» va «Yangi Xayrobod» mahallalariga vaqtincha kirish-chiqish cheklanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni damgacha Samarqand viloyatida 281 kishi koronavirus yuqtirgan va ularning 175 nafari tuzalgan, 1 kishi virus sabab vafot etgan.

18 may kuni Samarqand shahrida karantin qoidalari kuchaytirilgan tartibda davom ettirilishi va shahar ko‘chalarida maxsus ruxsatnomasiz avtomobillar harakati hozircha cheklangani e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqanddagi qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi