18:15 / 11.06.2020
2 505

Jizzaxda avtomashinani foizsiz sotish sharti bilan 3 mlrd so‘mdan ko‘p pulni o‘zlashtirgan firma faoliyati fosh qilindi

Jizzaxda avtomashinani foizsiz sotish sharti bilan 3 mlrd so‘mdan ko‘p pulni o‘zlashtirgan firma faoliyati fosh qilindi
Jizzaxda 2019 yil may—sentabr oylari davomida avtotransport vositalarini 2 va 5 yil muddatga foizsiz to‘lash sharti bilan fuqarolarni aldab katta miqdordagi pullarni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, 2019 yil may oyidan sentabr oyiga qadar E.I. va boshqalar bilan birga uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab Jizzax shahrida joylashgan «A.S.A.» MCHJni ta’sis qilib, fuqarolarning mulkini egallash maqsadida avtotransport vositalarini foizsiz 2 va 5 yil muddatga pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan olib berishni va’da qilgan.

MCHJda tashkil qilingan tariflarga ko‘ra avtomobillarni sotish oyiga 2 million 625 mingdan 9 million 100 ming so‘mgacha narxlarda belgilangan. Firma OAV va internet tarmog‘i orqali yangi jalb qilingan Andijon, Farg‘ona va Namangan filiallarida mijozlar bilan shartnoma tuzgan. Shu tariqa 446 nafar mijozdan 3 milliard 125 million 604 ming 413 so‘m qabul qilingan va 1 milliard 626 million 55 ming so‘m pullarni MCHJ hisob raqamiga kirim qilinib, qolgan 1 milliard 499 ming 549 ming 413 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, E.I.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188 (1)-moddasi 3-qismi «a, v» bandi (Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (Firibgarlik) va 189-moddasi 1-qismi bilan, E.Q. va D.X.larga Jinoyat kodeksining 188(1)-moddasi 3-qismi «a, v» bandi, 189-moddasi 1-qismi (Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan ayblov e’lon qilinib, E.I.ga nisbatan qamoqqa olish, E.Q. va D.X.larga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

«Tergov davomida jabrlanuvchilarga yetkazilgan 3 milliard 125 million 604 ming 413 so‘m moddiy zararning 1 milliard 110 million so‘mi undirilgan. Jinoyat ishi tegishli tartibda sud muhokamasiga yuborilgan», — deyiladi departament xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jizzaxda avtomashinani foizsiz sotish sharti bilan 3 mlrd so‘mdan ko‘p pulni o‘zlashtirgan firma faoliyati fosh qilindi