11:25 / 17.07.2020
5 581

Shanba va yakshanba kunlari kimlar avtomashinada harakatlanishi mumkin?

Shanba va yakshanba kunlari kimlar avtomashinada harakatlanishi mumkin?
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir video tarqaldi, unda ichki ishlar organlari xodimi shanba va yakshanba kunlari harakat butunlay to‘xtatilishi, faqat tez tibbiy yordam mashinasigagina yurishga ruxsat berilishi, shu sababli 2 kunga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini g‘amlab qo‘yishni tavsiya qilgan.

Shu videodan so‘ng ko‘pchilik «shanba va yakshanba kuni faqat tez yordam yura oladimi xolosmi, boshqa mashinalarga ruxsat yo‘qmi», deya so‘ramoqda.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi:
- maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor mashinalar;
- maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yurish huquqiga ega bo‘lgan avtomashnalar. Ularning to‘liq ro‘yxati mana bu yerda.

Eslatib o‘tamiz, 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:
- aholiga – «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish;
- davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shanba va yakshanba kunlari kimlar avtomashinada harakatlanishi mumkin?