10:57 / 18.07.2020
3 079

O‘zbekistonda o‘tgan bir kechada 289 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda o‘tgan bir kechada 289 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 18 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 289 kishiga ko‘payib, mamlakatda kasallikka chalinganlar umumiy soni 15 896 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning
- 38 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
- 52 nafari Sirdaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 98 nafari Toshkent shahrida;
- 40 nafari Andijon viloyatida;
- 20 nafari Samarqand viloyatida;
- 19 nafari Jizzax viloyatida;
- 9 nafari Qoraqalpog‘istonda;
- 9 nafari Namangan viloyatida;
- 4 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (57 foiz) sog‘aygan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 80 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Hozirda mamlakatda 6813 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 70 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda o‘tgan bir kechada 289 kishida koronavirus aniqlandi