O‘zbekistonda 18 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 289 kishiga ko‘payib, mamlakatda kasallikka chalinganlar umumiy soni 15 896 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanganlarning
- 38 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
- 52 nafari Sirdaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 98 nafari Toshkent shahrida;
- 40 nafari Andijon viloyatida;
- 20 nafari Samarqand viloyatida;
- 19 nafari Jizzax viloyatida;
- 9 nafari Qoraqalpog‘istonda;
- 9 nafari Namangan viloyatida;
- 4 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (57 foiz) sog‘aygan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 80 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan.
Hozirda mamlakatda 6813 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 70 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi