18:10 / 11.02.2015
9 519

O‘zbekistonda 2014 yilda 102 tonna oltin qazib olindi

O‘zbekistonda 2014 yilda 102 tonna oltin qazib olindi
O‘zbekistonda 2014 yili 102 tonna oltin qazib olindi. Bu haqda, United States Geological Survey’ning dastlabki baholashlariga asoslanib, Telegraf.uz xabar bermoqda.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston jahonda yettinchi bo‘lgan. Ro‘yxatda Xitoy 450 tonna ko‘rsatkich bilan birinchi bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda Avstraliya (270 tonna), Rossiya (245), AQSh (211), Kanada (160), JAR hamda Peru (ikkisida ham 150 tonnadan) bormoqda.

Qayd etilishicha, oltin qazib olishning o‘sishi asosan Xitoy, Rossiya, Kanada, Avstraliya va Dominikan Respublikasida kuzatilgan, Peru, Tanzaniya, Janubiy Afrika va AQShda esa qazib olish sur’atlari pasaygan.

2012 yilda O‘zbekiston 98 tonna ko‘rsatkich bilan Meksika bilan bir qatorda oltin qazib olish bo‘yicha sakkizinchi o‘rinni egallagan edi. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda oltin Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari tomonidan qazib olinadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2014 yilda 102 tonna oltin qazib olindi