19:36 / 31.07.2020
3 279

+215. Yangi kasallanish holatlari bo‘yicha ma’lumot berildi

+215. Yangi kasallanish holatlari bo‘yicha ma’lumot berildi
2020 yil 31 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 773 (+215) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Buxoro viloyatida, 19 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 291 nafar, Toshkent viloyatida 184 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar, jami 524 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 14 204 (+524) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 430 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » +215. Yangi kasallanish holatlari bo‘yicha ma’lumot berildi