10:41 / 07.08.2020
2 308

Dehqonobod kaliy zavodi o‘n yillik faoliyati davomida xorijga 300 mln dollarlik mahsulot sotgani ma’lum qilindi

Dehqonobod kaliy zavodi o‘n yillik faoliyati davomida xorijga 300 mln dollarlik mahsulot sotgani ma’lum qilindi
Dehqonobod kaliy zavodi o‘tgan o‘n yillik faoliyati davomida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatga 300 million dollarlik kaliy o‘g‘itini eksport qilgan. Bu haqda «Daryo»ga zavod axborot xizmati xodimi Omon Hamrayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Dehqonobod kaliy zavodi 2010 yil avgust oyida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, zavod ayni kunga qadar 1,5 million tonnadan ortiq kaliy xlorid sotgan. Eksport hajmining 50 foizi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.

«2020 yilning iyun oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tgan konkursda Dehqonobod kaliy zavodi AJ ushbu mamlakatga 70,0 ming tonna kaliyli o‘g‘itlarni eksport qilish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda mahsulotni yuklash ishlari boshlangan», — deydi Omon Hamrayev.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan kaliy xloridga xorijda talab ko‘paygan va zavodning eksport geografiyasi ham kengaygan. Shu yilning ikkinchi choragidan boshlab mahsulotlar Yevropa mamlakatlari – Ukraina, Latviya, Litva, Gruziya, shuningdek, Yaponiya bozoriga eksport qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dehqonobod kaliy zavodi o‘n yillik faoliyati davomida xorijga 300 mln dollarlik mahsulot sotgani ma’lum qilindi