2 353
Dehqonobod kaliy zavodi o‘n yillik faoliyati davomida xorijga 300 mln dollarlik mahsulot sotgani ma’lum qilindi
Dehqonobod kaliy zavodi o‘tgan o‘n yillik faoliyati davomida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatga 300 million dollarlik kaliy o‘g‘itini eksport qilgan. Bu haqda «Daryo»ga zavod axborot xizmati xodimi Omon Hamrayev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Dehqonobod kaliy zavodi 2010 yil avgust oyida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, zavod ayni kunga qadar 1,5 million tonnadan ortiq kaliy xlorid sotgan. Eksport hajmining 50 foizi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
«2020 yilning iyun oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tgan konkursda Dehqonobod kaliy zavodi AJ ushbu mamlakatga 70,0 ming tonna kaliyli o‘g‘itlarni eksport qilish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda mahsulotni yuklash ishlari boshlangan», — deydi Omon Hamrayev.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan kaliy xloridga xorijda talab ko‘paygan va zavodning eksport geografiyasi ham kengaygan. Shu yilning ikkinchi choragidan boshlab mahsulotlar Yevropa mamlakatlari – Ukraina, Latviya, Litva, Gruziya, shuningdek, Yaponiya bozoriga eksport qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi