2 323
Senatorlar «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi qonunlarni ma’qulladi
Foto:«Senat.uz»
7 avgust kuni Senat yalpi majlisi kun tartibidagi birinchi masala – «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.
Unda Maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’limning uzviyligini, mazmun jihatidan ketma-ketligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qolaversa, boshlang‘ich, kasb-hunar ta’limi, kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shaklida umumta’lim va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida ta’lim amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Qonunda ta’lim muassasasi xodimlari, ta’lim oluvchilar va ota-onalarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ta’lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi, ta’lim jarayonida mehnat qilayotgan minglab mutaxassislarning, millionlab ota-onalarning huquqiy maqomiga, ularning ijtimoiy muhofazasiga doir jihatlarga, ayni vaqtda majburiyatlariga oydinlik kiritilmoqda.
Shuningdek, qonun endilikda ta’limning nodavlat shaklini rivojlantirishga, jamiyatimizda intelektual mulk salohiyatidan samarali foydalanish, ilm-ma’rifatga doir ish joylari kengayishiga imkon beradi. Senat a’zolari mazkur Qonunni ma’qulladi.
So‘ngra senatorlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonunni muhokama qildi.
Qayd etilganidek, amaldagi Qonunning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish darajasi past bo‘lib, bugungi bozor sharoitida samarasiz bo‘lgan, eskirgan norma va qoidalarni o‘zida mujassam etgan. Xususan, mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar bir nechta qonunosti me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Foto:«Senat.uz»
Bundan tashqari, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha davlat buyurtmasi mexanizmlari ko‘rsatilmagan. Shu jihatdan bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, mehnat bozori va mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq yangi munosabatlarni qonuniy tartibga solish zarurati ham vujudga kelmoqda.
Qonunda birinchi marta ish bilan ta’minlashning samarali va istiqbolli yo‘nalishlari – kasbiy malaka va kompetensiyani rivojlantirish milliy tizimi, mehnat daftarchalari va shartnomalarining elektron hisobini yuritishni nazarda tutuvchi yagona milliy mehnat tizimi joriy etilmoqda.
Ularning kiritilishi bandlikni ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanib, mehnat bozori to‘g‘risida to‘liq ma’lumot to‘plash va olishga imkon beradi. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida bu juda muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, mehnat bozorida zamonaviy infratuzilma va institutsional muhitni yaratish, mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, shaxslarning tadbirkorlik tashabbuslari va o‘zini o‘zi band qilishga jalb etish imkoniyatlari ortadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi