2 635
O‘zbekiston koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyor — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar uchun 10 mingga yaqin qo‘shimcha zaxira o‘rinlarini tayyorlash ishlari olib borilayotganini bildirgan, deb yozmoqda Daryo.uz nashri.
Hozirda 3 500 nafar bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davo olayotgani, kasallanganlarga 114 ta muassasada 19 346 ta o‘rin tashkil etilgan.
Abdusamatova, shuningdek, «Butun dunyo bo‘ylab kuz mavsumida ikkinchi to‘lqinga tayyorgarlik ketyapti, ba’zi davlatlarda boshlanganligi haqida xabarlar bor. O‘zbekiston ikkinchi to‘lqinga tayyormi?», degan savolga atroflicha javob bergan.
Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama o‘rgyozmoqdaanib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuqlar va kamchiliklar ko‘rib chiqilib tahlil qilindi. Endilikda shifoxonalar kadrlar salohiyati, moddiy texnik bazasi bilan ta’minlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning ushbu yo‘nalishda tajribalari bor. Ular kasallik avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birga shuni aytib o‘tmoqchimanki, bemorlarga o‘z vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.
Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi
Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi
Avvalroq Barno Abdusamatova ikkinchi to‘lqin kelishi uchun barcha bemorlar tuzalib, kunlik aniqlanayotgan kasallar soni umuman bo‘lmasligi kerakligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan e’lon qilish haqidagi farmoyishida O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini ketayotgani ta’kidlangan edi. Koronavirusga qarshi kurash shtabining yana bir a’zosi Habibulla Oqilov ikkinchi to‘lqin boshlanishi uchun birinchisi tugashi kerakligini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi