
Bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli va nisbatan iliq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat shu kun iqlimiy me’yorlaridan biroz past bo‘lib, 20-25 darajagacha ko‘tariladi.
29-30 sentabrda butun O‘zbekiston hududi balandlikdagi siklon ta’sirida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha bulutlilik ortishi kutilmoqda.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 29 sentabrda ko‘pchilik viloyatlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
30 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona voydiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
29-30 sentabrda kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me’yordan 6-8 darajaga pastdir.
1-3 oktabrda butun mamlakat hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Tunda va ertalab sovuq havo oqimining ta’siri hali saqlanib turadi, harorat 5-8 darajagacha pasayadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta isitib, harorat 22-25 darajagacha ko‘tariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar