08:55 / 01.10.2020
2 467

30 sentabr. Yurtimizda koronavirus bemorlari soni kamaymoqda

30 sentabr. Yurtimizda koronavirus bemorlari soni kamaymoqda
Shu yilning 30 sentabr kuni mamlakatimizda 471 holatda kasallik qayd etildi. Shu bilan birga, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 470 nafarga yetdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Jizzax, Andijon, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 487 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 56 825 nafar bemordan 53 457 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2898 nafar bemordan 563 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 30 sentabr. Yurtimizda koronavirus bemorlari soni kamaymoqda