15:51 / 17.10.2020
781

Poytaxt hokimligi tadbirkorga 401,5 mln so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi. Ammo ikki oyga yaqin vaqt o‘tdiki ,sud qarori ijro etilganicha yo‘q

Poytaxt hokimligi tadbirkorga 401,5 mln so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi. Ammo ikki oyga yaqin vaqt o‘tdiki ,sud qarori ijro etilganicha yo‘q
Toshkent shahar hokimligi “NIYAT SERVIS” xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni davlat va jamoat ehtiyoji uchun olgani munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya pullarini bermay kelgan. Biznes-ombudsmanning Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan arizasi qanoatlantirilib, tadbirkorga 401,5 mln so‘mlik kompensatsiya to‘lanadigan bo‘ldi.

Toshkent shahar, Mirobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “NIYAT SERVIS” xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan Mirobod tuman, Mehrjon ko‘chasi, 35-uy manzilidagi 1 365 226 773 so‘mga baholangan 495 kv. metrlik bino-inshooti shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyoji uchun olingan.

“NIYAT SERVIS” xususiy korxonasiga tegishli bino va inshootlari buzilganligi yuzasidan yetkazilgan zararni qoplash maqsadida Toshkent shahar hokimining 2018 yil 11 iyundagi 906-sonli qaroriga ko‘ra, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-1 mavzesi, 8-uy manzilida joylashgan 222 kv.metrlik 533 601 364 so‘mga baholangan hamda Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 38-uy manzilida joylashgan 230 kv. metr 430 085 816 so‘mga baholangan binolar ajratilgan.

O‘ringa-o‘rin berilgan ob’ektlarning baholash qiymati 963 687 180 so‘mni tashkil etib, o‘rtadagi tafovut mulkdor foydasiga 401 539 593 so‘mni tashkil etgan.

2018 yilning 25 sentabr kuni Toshkent shahar hokimligining Binolardan foydalanish departamenti va “NIYAT SERVIS” XK o‘rtasida yuqorida qayd etilgan 401 539 593 so‘m miqdordagi tafovut pul mablag‘lari evaziga qo‘shimcha bino ajratishni so‘rab, Toshkent shahar hokimligiga murojaat etish huquqiga ega ekanligi yuzasidan №459-sonli kelishuv bitimi imzolangan.

Ammo, “NIYAT SERVIS” XK rahbari A.Saydaliyev tomonidan 2018 yildan shu kunga qadar bino ajratishni so‘rab bir necha marotaba murojaat etgan bo‘lishiga qaramay, Toshkent shahar hokimiyati tomonidan tafovut summasi miqdorida bino yoki unga muvofiq keladigan pul ajratib berilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil - Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkor manfaatida shu yil ,13 iyulda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kompensatsiya to‘lovlarini undirish yuzasidan da’vo arizasi kiritiladi. Sudning joriy yil 27 avgustdagi qarori bilan da’vo to‘liq qanoatlantirilib, Toshkent shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 401 539 593 so‘m undirilishi belgilangan, deb xabar bermoqda Biznes-ombudsman matbuot xizmati.

Biznes-ombudsmanning Kun.uz’ga taqdim etgan qo‘shimcha ma’lumotiga ko‘ra, oradan ikki oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, sud qarorining ijrosi ta’minlanmagan. Shu boisdan xozirda ijroning ta’minlanishini so‘rab, MIBga xat kiritilgani aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)