17:25 / 17.10.2020
2 414

Oqdaryoda yangi markaz ochildi

Oqdaryoda yangi markaz ochildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida hamda 2020 yilda Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarida jami 4 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilgan edi.

Viloyatdagi beshinchi o‘quv markazi Oqdaryo tumanida tashkil qilindi. Shu yilning 16 oktabr kuni markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi N.Sulaymonov, hokimning yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari S.Luqmonov, AKT vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev, vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbarlari, tuman faollari va yoshlar ishtirok etishdi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv markazi, robototexnika o‘quv markazi va kibersport yo‘nalishlaridan tashkil topgan.

Shuningdek mazkur markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oqdaryoda yangi markaz ochildi