O‘zbekiston hududi 19—20 oktabr kunlari quruq va issiq havo massasi ta’sirida bo‘lishda davom etadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». Qayd etilishicha, respublikada kam bulutli ob-havo saqlanib qoladi, kunduzi havo harorati 24-27 darajagacha ko‘tariladi. Bu shu kunlarning iqlimiy me’yoridan 4-5 darajaga yuqori.
21 oktabr kuni respublikaning shimoliy hududlari G‘arbiy Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi ustidan vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida bulutlar ko‘payadi, kechqurun esa shamolning tezligi 15-20 metr/sekundgacha esib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan qismida quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib qoladi.
22—23 oktabr kunlari salqin havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Respublikaning barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland joylarda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning ayrim viloyatlarida shamolning tezligi 15-20 metr/sekundga yetishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va kechasi 3-8 daraja iliqni, shimolda 0-3 darajagacha sovuq va kunduzi 13-18 darajani issiqni hosil qiladi, bu esa shu kunlar uchun harorat me’yorlaridan 3-5 darajaga past bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi